• Azon duosi Azon dan (9), Al hazar Alhamdulillah
  • - sinov, sinash;  poxod -safar, yurish




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/70
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,42 Mb.
    #118627
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
    Bog'liq
    H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasi

     -
    sinov, sinash; 
    poxod -safar, yurish
     va sh.k.
    Rus tilidagi sifat-termin o ‘zbek tiliga bir necha variantda tarjima qil- 
    inganda uning o ‘zbekcha variantlari yaqqol namoyon b o ‘lishi maqsadida
    103


    alohida lug‘at maqolasi tarzida berilgan: 
    boyevoy-jangovor, portlovchi, 
    о ‘qlangan
     va sh.k.
    Ruscha omonimlar rim raqami bilan belgilanib, alohida maqola sifati­
    da keltirilgan: 
    armiya
    1 armiya (jami qo‘shin); 
    armiya
    II-armiya (harbiy 
    qo‘shilma) va sh.k.
    Ayrim ruscha terminlaming tarjimasini keltirishda termin darajasiga 
    chiqmagan, ammo ba’zan qo‘llanadigan variant(dublet)lar qavs ichida 
    qayd etilgan: 
    kambuz-kambuz (kema oshxonasi), katapultirovaniye-kata- 
    pultirovaniye (irg'itish)
     va sh.k.
    Ruscha komanda va komandaga oid iboralar, qisqartmalar, harfiy 
    shartli belgilar lug‘atga ilova qilingan: 
    ogon-o ‘t och, nazad-orqaga qayt; 
    BTR-bronetransporter-bronetransporter, VMF-HDF, PVO-HHM
    va sh.k.
    Lug‘atdan 
    armata-armata, bastion-bastion, bataliya-bataliya, ka- 
    det-kadet
     singari tarixiy terminlarga ham joy berilgan.
    Huquqshunoslik doirasida ham lug‘atlar tuzish borasida sezilarli ish- 
    lar amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. Shu o‘rinda G ‘.Ahmedov va
    H.Bektemirov tomonidan tuzilgan “Ruscha-o‘zbekcha yuridik atamalar 
    lug‘ati”ning “Adolat” nashriyotida A.Saidov m a’sul muharrirligi osti- 
    da 2002 yili e ’lon qilinganini e’tirof etish maqsadga molik. Binobarin, bu 
    lug‘at tuzilishi va unda materiallaming berilishi jihatidan aw algi lug‘at- 
    lardan farq qiladi. Lug‘atga qonunlar, huquqshunoslik, xalqaro huquq so- 
    hasi, huquqqa oid darsliklar hamda ish yuritishda ishlatiladigan terminlar 
    kiritilgan. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o ‘tishda ham iqtisodiy, ham 
    huquqiy terminlar bir-biri bilan bog‘lanib ketganligi bois iqtisod va huquqqa 
    oid chegaradosh terminlar ham lug‘atdan o ‘rin olgan. Lug‘atning afzal- 
    liklaridan biri - unda terminlaming kirill yozuvidan tashqari lotin yozuviga 
    asoslangan o‘zbek alifbosida ham berilishidir. Ushbu lug‘atni yaratishda F. 
    Bakirovning “Yuridik terminlar lug‘ati” (Toshkent, 1959), “Yuridik atama­
    lar va iboralar lug‘ati” (Toshkent, 1993)dan foydalanilgan. Bu yo‘nalishda 
    so‘nggi paytlarda e ’lon qilingan ishlardan biri sifatida Z.Muqimov hamda
    O.Tursunovalar tomonidan tuzilgan va Samarqandda 2007-yilda chop etil­
    gan “0 ‘zbek davlatchiligida qo‘llangan tarixiy-huquqiy atamalar”ni kelt- 
    irish mumkin. Lug‘at o ‘zbek davlatchiligi tarixining turli davrlarida, turli 
    tillarda qo‘llangan terminlar, ulaming etimologiyasi (qaysi tilga xosligi), til 
    va huquqqa oid m a’nolari izohlarini qamrab olgan.
    0 ‘zbek lug‘atshunosligida tilshunoslikka oid terminologik lug'at­
    lar yaratish borasida ayrim ishlar qilindi. Chunonchi, A.Hojiyevning
    104


    “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” hamda N.Mahkamov va I.Er- 
    matovlar hammuallifligidagi “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”(- 
    Toshkent: Fan, 2013)da bugungi kunda til sohasida faol qoilanayotgan 
    terminlaming izohi berilgan.
    D.Xudayberganovaning “Lingvokulturologiya terminlarining qisqa- 
    cha izohli lug‘ati” (Toshkent, Turon zamin ziyo, 2015)da tilshunoslikning 
    yangi sohalaridan hisoblanmish lingvokulturologiyaga oid 100 ga yaqin 
    terminlar izohini topgan va sh.k.
    Respublikamizda tibbiyot sohasida qo‘llanayotgan terminlar lug‘atlarini 
    tuzish borasida ulkan tajriba va yutuqqa erishildi. 1999- yilda 0 ‘zbekiston FA 
    akademigi Y.X.To‘raqulov bosh muharrirligi ostida “Kamalak”-“Hamshi- 
    ra” nashriyotida chop etilgan “Ruscha-lotincha-o‘zbekcha tibbiy terminlar 
    lug‘ati”da tibbiyot sohalariga oid terminlar alifbo tartibida keltirilgan, ulam­
    ing o‘zbekcha muqobillari va izohlari berilgan. 2010-yilda A.Usmonxo‘ja- 
    yev, V.Y.Avakov, E.I.Basitxanova hammuallifligida “Noshir” nashriyotida 
    e ’lon qilingan “Katta tibbiy etimologik lug‘at (mscha-lotincha-o‘zbekcha) 
    (Bolshoy meditsinskiy etimologicheskiy slovar (mssko-latinsko-uzbekskiy) 
    yurtimizda etimologik lug‘atlar yaratish borsidagi harakatlami yuqoriroq 
    bosqichga olib chiqdi. Shu yilda Usmonxo‘jayev A., Basitxanova E.I., Na- 
    zirov RH., Turaxanova M.S) hamkorligida “Sug‘diyona” nashriyotida bosil- 
    gan “Tibbiy terminlar ensiklopedik lug‘ati (Ensiklopedicheskiy slovar med- 
    itsinskix terminov)” ikki jildan iborat bo‘lib, hozirgi tibbiyotda qo‘llanilayot- 
    gan 20000 dan ortiq terminlar va tushunchalami izohlashga yo‘naltiril- 
    gan. Lug‘atdan o ‘rin olgan terminlar kirill hamda yangi o ‘zbek yozuvida 
    keltirilgan. Kezi kelganda, tibbiy terminlar lug‘atlarini tuzishda jonbozlik 
    ko‘rsatayotgan A.Usmonxo‘jayev ishlarining alohida e ’tirofga molikligini 
    ta’kidlash lozim boiadi. Olimning 2013-yilda “Navro‘z” nashriyotida lotin 
    alifbosi asosidagi yangi o ‘zbek yozuvida dunyo yuzini ko‘rgan “Katta tibbiy 
    o‘quv lug‘ati (mscha-lotincha-o‘zbekcha) (Bolshoy meditsinskiy uchebniy 
    slovar (russko-latinsko-uzbekskiy) asari 10000 atrofidagi klinik termin­
    lar va tibbiy tushunchalami o ‘z ichiga qamrab olgani bilan qimmatlidir.
    Tibbiy terminlarga doir lug‘atlar xususida so‘z ketganda, A.Qosi- 
    movning to‘rt jilddan iborat “Tibbiy terminlar izohli lug‘ati”ni ham e ’ti- 
    bordan qochirmaslik zamr.Ushbu lug‘atda yakka ishlatiladigan o ‘zbekcha 
    va baynalmilal terminlar alohida-alohida, shuningdek, o ‘zbekcha va bay­
    nalmilal elementlardan yasalgan birikma terminlar ham alohida-alohida 
    berilgani bois uning hajmi kengayib ketgan (Qosimov, 2003-2008).
    105


    Keyingi paytlarda o ‘zbek terminografiyasida diniy, m a’rifiy-ir. 
    foniy xarakterdagi lug‘atlarni tuzish masalasiga bir muncha diqqat 
    qaratildi. Xususan, 2014-yilda ota-o‘g ‘il Om onturdiyevlar tomoni- 
    dan 1500 dan ortiq istilohlvr jam langan “M a’rifiy-irfoniy istilohlar 
    izohli lug‘ati” e ’lon qilindi. Asardan ruhoniy, m a’rifiy va irfoniy 
    yoki mavhum tushunchalami ifodalovchi term inlar qatori ko‘pgi- 
    na m a’rifiy obyekt, manzil, makon, nabotot va shaxs nomlarini an­
    glatuvchi leksik birliklar, antropronimlar, toponim lar ham joy olgan. 
    Istilohlaming joriy (kirill) hamda arab yozuvlarida berilishi lug'at- 
    ning ilmiy qimmatini ta ’minlagan. Asarga lug‘at-maqolalar ilova qil- 
    ingan, u foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati va k o ‘rsatkichlar bilan 
    to'ldirilgan.
    Leksikografiya prinsiplariga rioya qilingan holda tuzilgan ushbu 
    lug‘atda boshqa lug‘atlardan farqli o ‘laroq m a’rifiy yoxud tasavvufiy 
    ta’limot bilan bog‘liq tarzda shakllangan, ijtimoiy m a’no-mazmun kasb et- 
    gan, izoh, ta’rif, tavsif talab etadigan, termin xarakteridagi so‘z va iboralar 
    izohlangan.
    M a’rifiy-irfoniy mazmundagi obidalarda qayd etilgan bir qancha isti­
    lohlaming m a’nosini anglashda q o ‘l keladigan m azkur lug‘atda sezilarli 
    yutuqlar bilan birga ayrim ju z ’iy kamchiliklar ham y o ‘q emas) Chunon­
    chi, annotatsiyada asarda 2000 ga yaqin, M uqaddimada esa 1500 dan or­
    tiq istilohlar izohlangani ta’kidlangan. Lug‘at-m aqolalam i joylashtirish- 
    da har doim ham alifbo tartibiga rioya qilinmagan. М., Azon duosi Azon 
    dan (9), Al hazar Alhamdulillah dan (14), Amin ul-vahiy Amin dan (14), 

    Download 3,42 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish