• O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI
  • UO‘K 658.512 (075) 76.17 В-11
  • Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari
  • MATBAA KORXONALARINI TASHKIL QILISHNING ASOSIY PRINSIPLARI
  • Babaxanova a. A. Jalilov texnologik jaray onlarni loyihalash asoslari o zbekiston respublikasi oliy va




    Download 1.18 Mb.
    bet1/44
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #40145
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni loyixalash asoslari
    kurs testi, 8-mavzu-hemis, 1-kurs, 1353020869 39531, 2 Oraliq nazorat MBHA Kamolov A, son tushunchasini kengaytirish, 4-курс ЯБ kuzgi qayta, 41-50, 9. Mustaqil talim , corel draw, delhpi, delhpi-1, o\'zbek tilini sohada qo\'llanishi, 2 5422749528094687519


    Х.А. BABAXANOVA A.A. JALILOV


    TEXNOLOGIK JARAY ONLARNI LOYIHALASH ASOSLARI





    O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI




    X.A. BABAXANOVA, A.A. JALILOV


    TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH ASOSLARI
    O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirfigi tomonidan 5320800 - “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi”yo‘nali$hida ta’lim oluyotgan talabalar uchun darslik sifatidu tavsiya etilgan.


    «Tafakkur Bottom» Toshkent- 2013


    UO‘K 658.512 (075) 76.17 В-11




    Taqrizchi:
    «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» kafedra dotsenti, t.f.n. S.R. Kamalova
    «O'zbekiston» NMIU direktori o'rinbosari M. Zaytayev
    X.A.Babaxanova
    Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari: darslik / X.A.Babaxanova, A.A.Jalilov; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli- gi. -T, «Tafakkur Bo‘stoni», 2013 - 176 bet
    KBK 76.17ya73 37.8ya73
    ISBN 978-9943-4237-0-1


    Ushbu darslik 5320800 - “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texno­logiyasi” yo'nalishidagi bakalavrlar uchun mo'ljallangan.Ushbu fanning maqsadi va vazifasi mutaxassislarga turli matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarishda, yangi korxonalarni loyihalash va amaldagi korxonalami rekonstruksiya qilishda eng qulay texnologik jarayonlarni va uskunalarni tanlash va ularning samaradorligini hisoblash uslublari bo‘yicha ma’lu- mot berishdan iborat. Shuningdek, fanni o‘rganish davomida bosma nashrlarini tayyorlashning majmuaviy ishlab chiqarish jarayoni, bosma qolip tayyorlash. bosish va broshyuralash-muqovalash jarayonlarining texnologik va ishlab chiqarish aloqalari ko‘rib chiqiladi.
    UO‘K 658.512 (075) KBK 76.17va73 37.8ya73
    ISBN 978-9943-4237-0-1


    © «Tafakkur Bo’stoni», 2013 © Babaxanova X.A., Jalilov A.A., 2013


    KIRISH




    Bosma mahsulotlari ishlab chiqarishning uzluksiz o‘sib borishi va aholining matbaa mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish uchun matbaa sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini doimiy oshirib borish talab qilinadi.
    Bugungi kunda bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ko‘plab yangi matbaa korxonalari qurilmoqda va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar texnik va texnologik rekonstruksiya qilinmoqda.
    Matbaa sanoatining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishda ishlab chiqarishga takomillashgan texnik vositalami, texnologiyalarni hamda ishlab chiqarishni boshqarishning samarali usullarini joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, texnologik jarayonlarini takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash bilan bog‘liq ishlar oldindan ishlab chiqiladigan loyihaviy hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shuning uchun texnologik jarayonlarni loyihalash asoslarini bilish matbaa sanoati mutaxassislari uchun zarur va muhim omil hisoblanadi.
    Loyihalash bu ijodiy jarayon boiib, u mutaxassisdan texnika va texnologiyaning zamonaviy holati, ularning rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishni hamda ishlab chiqarish jarayonini muhandis-texnikta'minot bilan uyg'unlikdatahlilqilaolishni talab qiladi.
    «Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari» darsligi matbaachilik yo’nalishidagi oliy o‘quv yurtlari talabalariga nazariy bilim berish bilan bir qatorda, loyihalash tashkilotlari xodimlari va matbaa korxonalarining muhandis-texnik xodimlari uchun matbaa korxonalarini loyihalash bo‘- yicha amaliy qoTlanma bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin.
    Ushbu fanning maqsadi va vazifasi mutaxassislarga turli matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarishda, yangi korxonalami loyihalash va amaldagi korxonalarni rekonstruksiya qilishda eng qulav texnologik jarayonlarni va uskunalarni tanlash va ularning samaradorligini hisoblash uslublari bo'yichama'lurnotberishdan iborat. Shuningdek. fanni o'rganish davomida bosma nashrlarni tayyorlashning majmuaviy ishlab chiqarish jarayoni, bosma qolip tayyorlash, bosish va broshyuralash-muqovalash jarayonlarining texnologik va ishlab chiqarish aloqalari ko‘rib chiqiladi.


    3




    Ushbu fanni o‘rganishga kirishishdan oldin talaba barcha bosish usullari texnologiyasi, davriv nashrlar, kitob va varaqli mahsulotlarni ishlab chiqarish sharoitlari va ularga qo^iladigan talablar, texnologik uskunalar, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning iqtisodiyoti, shuningdek. ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari bo‘yicha yetarli ma’lumotlarga ega bo"lishi kerak.
    Hozirgi vaqtda loyihalash jarayonlarida oqilona variantlarni tan- lashda hisoblash texnikasidan foydalanish bo‘yicha ishlar olib boril- moqda. Bu bo‘yicha ba’zi fikrlar ham darslikda o’z ifodasini topgan. Bundan tashqari, hisoblash uslublarida keltirilgan formulalar tizimi qo‘llaniladigan hisoblash uslublari bo‘yicha nazariy ma’lumot beradi. Turli ishlab chiqarish bo'limlarining yuklamalari, zaruriy uskunalar, ishchilar sonini hisoblash bo‘yicha hisobot namunalari ma’lumotlarni yaxshiroq tushunish va o‘zlashtirishga yaqindan yordam beradi. Hisob- larda keltirilgan raqamli ma'lumotlar uslubiy vazifaga ega hamda aniq loyihalash ishlari uchun me’yoriy ko‘rsatkichlar hisoblanmaydi.


    4


    1. MATBAA KORXONALARINI TASHKIL QILISHNING ASOSIY PRINSIPLARI



    1. Download 1.18 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Babaxanova a. A. Jalilov texnologik jaray onlarni loyihalash asoslari o zbekiston respublikasi oliy va

    Download 1.18 Mb.