2
Universitet va
institutlarning:
–5111020–Kasb
ta’limi
(Qishloq
ho’jaligini
mexanizatsiyalashtirish);
–5430100–Qishloq ho’jaligini mexanizatsiyalashtirish;
–Qishloq x
о‘jalik mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash
texnologiyasi bakalavr ta’lim yo’nalishlari
uchun
mo’ljallangan.
Tuzuvchi:
Qarshi MII «Fizika» kafedrasi dotsenti, Tursunov Q.SH.
Taqrizchilar:
Qarshi MII «Fizika» kafedrasi dotsenti Nuriddinov B.
Qarshi DU «Fizika va uni
о‘qitish metodikasi» kafedrasi
dotsenti Xolmirzayev N.S.
Kafedraning 2012 yil 29 –martdagi
№ 8–bayoni bilan tasdiqlangan.
Kafedra mudiri: dots. Tursunov Q.SH.
3
KIRISH
Bizlarni o’rab turgan borliq Yer, osmon, yulduzlar va ongimizga ta‘sir
etib sezgi uyg’otadigan barcha narsalar materiya bo’lib xisoblanadi. Tabiatdagi
jismlar va bu jismlar tarkibidagi moddalar moddiy borliq bo’lib, sezgilarimizga
har xil ta‘sirlar ko’rsatib o’zini borligini namoyon etadi.
Materiya har doim o’zgarib turib o’z xususiyatlarini namoyon
etib turadi,
moddiy dunyoda yuz berayotgan materiyaning xilma–xil o’zgarishlari tabiat
hodisalari deb ataladi.
Fizika – tabiat to’g’risidagi fanlaridan biri bo’lib, u tabiat hodisalarini
ya‘ni materiyaning xossalarini, shu o’zgarishlarni ifodalay oladigan qonun va
qoidalarni o’rganadi.
Fizika fanining boshqa fanlardan farqi shuki, u tabiat qonunlarini jismlar
harakatini o’rganish usuli bilan tavsiflab beradi. Fizika tabiat hodisalarini
o’rganishda, moddiy olamni idrok
etishda asosan matematika, ximiya, biologiya,
astranomiya fanlarining qonunlaridan foydalanadi.
Tabiat qonunlarining ko’p qismi, moddiy olamni idrok qilish mumkin
bo’lmagan tabiat hodisalarining qator qismi hali ochilmagan. Moddiy olamni
bilishga boshqa fanlar bilan bog’langan ravishda intilish fizika fanining asosiy
xususiyatidir.
Fizika fanini o’rganish insoniyat madaniyatining muhim bir qismi bo’lib
hisoblanadi. Fizika qonunlarini bilish kelajakni oldindan bilishgina emas, balki
o’tmishda bo’lib o’tgan tabiat hodisalarning sabablarini
ochib berishga ham
imkon beradi. Fizika fani ma‘lumotlariga asoslanib tabiatda sodir bo’ladigan har
bir jarayonning sabablari tahlil etiladi. Hozirgi zamon texnikasining yaratilishi,
zamonaviy texnalogik mashinalarning ishlash harakteristikalari fizika faning
qonunlariga asoslanib oldindan loyihalashtirilgan.
Moddiy olamni
idrok etish, Dunyo manzarasini tasavvur eta bilish, tabiat
hodisalaridan foydalana bilish uchun fizika qonunlarini chuqur bilmoh kerak.
Moddiy olam bo’linmas bir butun bo’lib, undagi hamma narsa bir–biriga
bog’liq Fizika kursini o’rganishda uni alohida qismlarga ajratib har bir qismga
tegishli hodisa va qonunlarni sinflarga ajratib o’zlashtirish qulay bo’ladi.
Bunday hodisalardan biri bu mexanik harakatdir. Fizikaning mexanika
bo’limida mexanik harakatlarning umumiy tavsiflari va ularning sodir bo’lish
sabablari o’rganiladi va harakatdagi jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlash
masalasi o’rganiladi.