Gazlamashunoslik kopi p65




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana19.01.2024
Hajmi6,51 Mb.
#140859
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Gazlamashunoslik

I
I
kL
=

(62)
bu yerda: I
0
va I – mos ravishda kiruvchi va toladan o‘tuvchi yorug‘lik
intensivligi; L– tola va iðning yo‘g‘onligi; k – yutilishning chiziqli ko‘rsatkichi.
Muhim yorug‘lik ko‘rinishi bu tola yoki iðning rangidir. Rang sezgisi
380 dan 760 nm to‘lqin uzunligi bilan ko‘rinarli spektr oralig‘idan
chiqayotgan nur oqimlarining elektromagnit tarqalishiga ta’siri natijasida
kelib chiqadi. Kunduzgi oq yorug‘lik tarkibiga yorug‘likning monoxromatik
tashkil etuvchilari kiradi: qizil 620–760, jigarrang 590–620, sariq 530–
590, yashil 490–530, havorang 470–490, ko‘k 430–470, siyohrang 390–
430 nm to‘lqin uzunligida.
Tola va iðlarning rangi va uni baholash usuli. Tola yoki iðlar rangsiz,
axromatik yoki xromatik rangli bo‘lishi mumkin. Axromatik yorug‘lik bir
xil nisbatda hamma spektrning to‘lqin uzunligidagi nurlar jismni tasvirlashda
hosil bo‘ladi. To‘liq tasvirlanishda oq rang, to‘liq yutilishda qora, to‘liqmas
yutilishda esa kulrang bo‘ladi.
Rangning asosiy xususiyatlariga tasvirlanish koeffitsienti deyiladi:
0
0
S
K
S
=
(63)
bu yerda: S
0
– tasvirlanuvchi (qaytgan) yorug‘lik miqdori; S –
yorug‘likning tushish miqdori.


77
Axromatik rang oqishligi bo‘yicha farqlanadi, tavsirlanish koeffitsienti
bo‘yicha aniqlanadi, sinalayotgan obyektdagi yorug‘lantirish obyektiga
bog‘liq bo‘lmaydi. Rang bahosi organoleptik bo‘lishi mumkin va fotometr
asbobi yordamida aniqlanadi. Axromatik ranglar organoleptik baholanishda
tiniq oq, och kulrang, to‘q kulrang, qora, timqoraga bo‘linadi.
Tola va iðlarda tabiiy rang hosil bo‘ladi: oq, och kulrang, sariq va
kulrang. Yaltiroq bo‘yoq, odatda sun’iydir.
Xromatik rang bir-biridan oqishligi bilan farqlanadi, tola yoki iðlarda
tasvirlangan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy shkala
qizil-siyohrangli spektr hisoblanadi.
Xromatik rang quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi: to‘lqin
uzunligi, tasvirlanish koeffitsienti, tozaligi, to‘yinganligi.
Tola yoki iðlarning xromatik ranglarini aniqlashda organoleptik (atlas
rangi bo‘yicha) va turli konstruksiyadagi kolorimetrlarni qo‘llash usullaridan
foydalaniladi.
Bo‘yalgan iðlarning tekisligini baholash uchun paypoq to‘qish trikotaj
mashinalarida sinalayotgan iðlarga bog‘liq ravishda quvurning turli qismlarida
yorug‘likning tasvirlanish koeffitsienti aniqlanadi. Yorug‘lantiruvchidan
uzoqlashtirish uchun quvurlar qaynatiladi va havorangga bo‘yaladi. Yuvish,
quritish, dazmollashdan keyin fotoelementli asbob yordamida quvurning
turli qismlarida yorug‘likning tasvirlanishi va uning kvadratik notekisligi
aniqlanadi.
Tola va iðlarning yaltiroqligi uning yuzasidagi g‘adir-budurlik oralig‘ida
bo‘ladi va turli yaltiroqlik darajasi kabi ko‘z bilan qabul qilinadi. Shishasimon
tolalardan tashqari ko‘pchilik to‘qimachilik tolalari optik anizotrop bo‘ladi.
Yaltiroqlik nisbiy tasvirlanish (qaytarish) koeffitsienti bo‘yicha
baholanadi. Yorug‘lik intensivligi I
0
ning (45–80
0
burchak ostida tasvirlangan
va tarqalgan) etalondan shu yo‘nalishi bo‘yicha tarqalgan va tasvirlangan
yorug‘lik intensivligi I
E
nisbati yaltiroqlikni beradi:
0
E
I
K
I
=
(64)
Tola va iðlarning yaltiroqligini baholash uchun ko‘pincha fotometrlar
ishlatiladi.
Ikki yoqlama nurning sindirilishi. Ikki yoqlama nurning sindirilishi
molekular va molekulalararo miqyosda tolalar anizotropiyasiga bog‘liq.
Yorug‘lik tutami optik anizotrop muhitdan o‘tib, oddiy va oddiy bo‘lmagan
nurlarga ajraladi, barcha nur o‘zaro perpendikular tekislikdagi qutblangan
va turli tezlik bilan tarqalgan bo‘ladi.
Tolaning fibrillarligi tola o‘qiga perpendikular ravishda oddiy nur (n
0
),
tola o‘qiga parallel ravishda esa oddiy bo‘lmagan (n
b
) nur qutblanadi.
Anizotropiya qanchalik katta bo‘lsa, ularning n
b
–n
0
farqi, ikki yoqlama
nurning sinishi shunchalik katta bo‘ladi. Quyida asosiy guruh tolalarining
n
b
–n
0
farqlanishi berilgan:


78
Uchlanma atsetat va poliakrilnitril tola n
b
–n
0
qoniqarsiz farqlanish
ko‘rsatkichiga ega. Ikki yoqlama nurning sindirilishi bir kimyoviy turdagi
tola va iðlar tarkibiy elementlari masofasini baholash uchun qo‘llaniladi.
Ikkiyoqlama sinishini aniqlash usullaridan biri – Senarmon usuli bo‘lib,
λ/4 kompensatsiyali plastinkadan foydalaniladi.
Tola va iðlarning radiotermoluminessensiyasi. Radiotermoluminessensiya
yuqori molekulali modda molekulalari va yorug‘lik atomlarining sochilishiga
bog‘liq. Tola va iðlarning tarqalishida modda elektronlarining “ushlanishi”
yoki tuzilishida nuqsonlar hosil bo‘lishi mumkin. Qizdirilganda zaryadlar
qopqonlardan ozod bo‘lib yoritilish (radiotermik luminissensiya) sodir
bo‘ladi.
G.Bartenev va Yu.Zelenevlar zanjir bog‘laridagi alohida guruhlarning
harakati tufayli, yon yoki shoxsimon guruhning harakati, 2–4 atom
uglerodlaridan tashkil topgan zanjir qismining harakati, zanjir bo‘g‘inidagi
harakat (asosiy zanjir qismida taqriban 50–100 ta atomlardan iborat),
butunlay barcha zanjirda bir-biriga o‘zaro bog‘liqlikda nokristall polimerlarda
1 dan 5 tagacha o‘tish mumkinligi belgilanadi.
Maksimal nurlanish intensivligi shishalanish haroratida hosil bo‘ladi.
Shu sababli qizish tezligi toladagi maksimal nurlanish intensivligiga o‘tadi.
Tola yoki iðlar radiotermoluminessensiyasi energiya faollashuvini
aniqlaydi. Tola yoki iðning nurlanishdagi qizish tezligining o‘zgarishida
maksimal nurlanish intensivligini qo‘zg‘atadi.
Turli qizish tezligida energiya faollashuvi (U
a
) va maksimal nurlanish
intensivligidagi haroratning (T
max
)
o‘zaro bog‘liqligi quyidagi tenglik bo‘yicha
ifodalanadi:
2
2
max
max
0
exp

Download 6,51 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish