m a salalam i xal etm oqdalar. A n a sh u n ga m u v o fiq




Download 39,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/54
Sana16.05.2024
Hajmi39,59 Mb.
#238027
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
34


m a salalam i xal etm oqdalar. A n a sh u n ga m u v o fiq
o ily ta ’lim talabalari 
tarkibiga
s iy o s iy va iq tiso d iy tom ond an ta ’sir q ilish tizim in i shakllantirish , ijtim o iy yordam ga
m uxtoj qatlam lardan ch iq a y o tg a n o 'q u v c h ila m i o ily ta ’lim m ask anlariga kirishlariga
tayyorgarlik chora tadbirlarini k o 'r ish , n ogiron bolalar, kam ta ’m in lan gan va q ish loq
a x o lis i vakillari bolalariga ta ’lim jarayon id a yuqori darajali qu lay sharoitlarni yaratish
xaqid agi m asalalari k o'rib ch iq ild i.
AQSh va Yevropa ta’limi 
siyosati tarixi davomida o'zlarining bir qancha 
rivojlanish yo'nalishlarini ishlab chiqdilar: 
maktab dcscgregatsiyasi; 
ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish; 
mcynsriling; 
integratsiya; 
inklyuziya.
Meynstriling - bu shunday ctrategiyaki, bunda nogiron bolalar o'z tengdoshlari bilan 
bayramlarda, turli xil darsdan tashqari vaqtlarda muloqot qiladilar, ayrim bolalar 
ommaviy maktablaming sinflariga xam kiritilib, ular ta’lim olish maqsadida emas, 
balki o 'z tengdoshlari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishish imkoniyatlarini 
kengaytirish maqsadida kiritiladi. Integratsiya -bu ruxiy va jismoniy nuqsonga ega 
bo'lgan bolalar extiyojlariga ko'ra ta’lim jarayonini amalgam oshirish; ular nogiron 
bolalar uchun moslashtirilmagan maktablarga boradilar, lekin maktabga borish 
majburiy emas, bu ulaming xoxish-istaklaridan kelib chiqadi. Inklyuziv ta’lim bu 
yangi atama, ya’ni maktablarda tubdan isloxatlar o'tkazish va o'quvchilaming 
extiyojlarini qondiradigan o'quv binolarini qayta rejalashtirish.
Yuqoridagi yondashuvlar bir qancha nazariy yo'nalishlarga asoslanadi; 
ijtimoiy odiyllik nazariyasi;
inson xuquqlari, insonning rivojlanishiga nisbatan ijtimoiy tuzim nazariyasi;
strukturalizm;
ijtimoiy tanqid.
Agar nogiron o'quvchilaming ta’lim tizimi nazariyasi xaqida gapiradigan 
bo'lsak, u xolda 
U.Bronfenbrennerning 1979 yil ishlarini esga olish kerak. Bu 
olimning fikricha inson rivojlanish jarayonida ya’ni ulg'ayotgan, o'sayotgan indevid 
atrof-olamni keng, differentsiyalashgan va adekvat anglay boshlaydi. Bunday 
bo'lishning sababi vaqt o'tishi bilan bolalar o'zlarining ijtimoiy-ijtimoiy muxitlarini 
o'zgartirib, xarakat va muloqotga katta qiziqish bilan qaraydilar. Shuning uchun xam 
o'quvchilaming xulq-atvorlarini nazorat qilish emas, balki ularda o'z-o'zini 
boshqarish malakalarini rivojlantirish kerak. Yana bir shunga o'xshash konscptsiya 
Brim konsepsiyasidir, 1975 yilda konsepsiya yuqoridagi fikming davomi xisoblanadi, 
ya'ni uning ta’kidlashicha xar bir insonning o 'z ta’lim datsuri, qonun-qoidalari bor. 
Shuning uchun xam biror bir guruxning faoliyatida, ulaming qonun-qoidalarini 
o'rganmay turib, ishtirok eta olmaymiz. Shuningdek o'quvchilar (bu yaxshimi, 
yomonmi) maktab qonun-qoidalarini o'zlashtirib olishlari, o'qituvchilar esa ularga 
o'quv muassasining ijtimoiy va tashkiliy tizimini mukammal o'rgatishlari kerak. 
Shuningdek o'qituvchilar shuni tan olishlari kcrakki, o'quvchilar ulardan maktabdan 
tashqarida-uyda, ko'chada, jamiyatda ishlarini, maktabda ruxsat berishlarini iltimos
35


qilishadi. Tarbiyachi va o'qituvchilar intematlat muxitini “uy muxitiga” aylantirishga 
qanchalik xarakat qilishmasin, bular bari bir uy va oilalaming o'm ini bosa 
olmaydilar.Bu bilan esa o'quvchilar maktabdan keyingi mutsaqil xayotida ijtimoiy 
muxitga c'rganish jarayoniga kirishishlariga keng imkoniyat bermaydi. Shuning 
uchun xam maxsus maktab xam nogiron o'quvchilar uchun muammo xisoblanadi. 
Maxsus taiim sharoitida biz o'quvchilami maktabga moslashtirish, maktab qonun- 
qoidalarigabo'ysunishga o'rgatish muammolari bilan to'qnashamiz. Shu uchun xam 
o'quvchilaria o‘z-o‘zini boshqarish va mustaqil xulosalar chiqarish malakalarini 
shakllanitirBh kerak. Bunday malakalar ularga jamiyatda, katta xayotga qadam 
qo'yganlarda kerak bo'ladi.
AQSh ch 1875 yildan 1914 yilgacha majburiy maktab ta’limi joriy qilingan edi. 
Shunga mivofiq ravishda aqli zaif xisoblangan va tarbiyasi og'ir, kar, jismoniy 
nogironlar uchun maxsus sinflar tashkil qilingan edi. bu vaqtda Milliy ta’lim 
assotsiyatsyasi maxsus ta’lim Departamentini tashkil qildi. Aqliy qobilyatni 
tekshirishgf mo'ljallangan testlar, psixologik nazariyalar rivojlandi, ishchi kuchi 
ko'paya bahladi. Bu omillar maktab tizimiga ta’sir qila boshladi, ya’ni o'quvchilar 
orasidagi iidividual farqlar va aniqlash va ulami o'lchash tamoyillari tuzildi.
60-70 yilarda nogiron o'quvchilaming omadsizligida maktabni aybdor xisoblab, 
maktablargi qarshi norozi ovozlar kuchaydi. Djeyn Merser 1971 yil tadqiqotlarida 
ta’kidlanishcha, xar bir ijtimoiy tizim insonga yangi tushunchalami beradi, shuning 
uchun noghonlik ijtimoiy kelishuvlarning maxsuli xisoblanadi.
1962 yilla Reyxolds va I.Denoning takliflari asosida “servislar kaskadi” degan 
tushuncha jjriy qilindi. Bu shunday modelki, bu model asosida kasalxonada yoki uy 
sharoitida, maxsus maktab yoki maxsus sinflarda bilim olayotgan nogiron 
o'quvchilaning, shuningdek um um taiim maktablardagi o'quvchilaming xoxish- 
itsaklarini inobatga olgan xolda turli qo'shimcha xizmatlar ko'rsatilishi ko'zda 
tutiladi.
1977 yiliagi “Xamma nogiron bolalar uchun ta iim tizimi” xaqidagi qonunda 
qo'shimcha xizmatlar turi ko'rsatilgan bo'lib, bu xizmatlar o'quvchilami maxsus 
taiim n i oishlariga yordam beradi. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiritilgan: 
transport, bgoped, audologiya, psixologiya, fizioterapiya, tibbiy xizmat, maktab 
shifokori ytki xamshirasi, ijtimoiy xodim, psixologlami maslaxat berishi.
1990 yillffda AQSh da barcha nogiron bolalar uchun ta iim xaqidagi qonun ishlab 
chiqildi. Uring tamoyillari bilan individuallashtirilgan taiim , shu bilan birga nogiron 
taiim i xaqdagi qonun xam ishlab chiqildi.
M.Reynxilds 1989 yil maxsus ta iim muxitini nogiron bolalami ommaviy 
maktablarch ta iim sharoitlarining yaxshilanishi maxsus sinf va maktablarga 
yuborilayogan bolalar sonining kamayishiga olib keladi. Xozirda Amerikada 
maktablami shunday qilishiga jamiyatning qiziqishi ortib bormoqda, chunki bunday 
maktablarg barcha o'quvchilami jalb qilish imkoni ortadi.
Shu taricp inklyuziya - bu ta iim olishni tashkil qilishning shunday asosiki, bunda 
xamma o'qivchilar o 'z tengdoshlari bilan birgalikda o'zlarining yashash joylariga 
taaluqli boigan maktablarda ta iim oladilar. Inkyuziya tushunchasi zamonaviy ta iim
siyosatiga Madlen Uill xonimning ta iim siyosatidagi ishlari asosida kiritilgan.
36


Uillning ta'kidlashicha, pedagoglar ko'pchilik nogiron o'quvchilar uchun "pull-out” 
xizmati samarasiz ckanligini ta’kidlashmoqda. “pull-out” bu shunday xizmatki, 
sinfda dars olib o'quvchilami darsdan chiqib ketishlarini talab etadi. Gap shundaki, 
ko'pincha maxsus sinflarga turli guruxlardagi o'quvchilar: pedagogik qarovsiz 
bo'lgan, nogiron, aqli zaif, xulqida qiyinchiiigi bo'lgan, diqqati tarqoq va giperaktiv 
o'quvchilar yuborilar edi. Bundan tashqari tadqiqotchilar maxsus muassasalarga 
kelgan bolalar xech qachon ommaviy maktablarga qaytib kelmasligidan tashvishlanar 
edilar.
Inklyuziv ta ’limning asoslari shundan iboratki, nogiron o'quvchilami turli 
extiyojlarini qondirishi kerak. Shunga ko'ra bunday maktablaming oldiga qo'ygan 
maqsadi shundaki, barcha o'quvchilarga to'laqonli ijtimoiy xayotida, jamoa ishlarida 
va maxalliy jamiyatda faol ishtirok etishda, shu jamiyatning bir a’zosi sifatida bir- 
biriga yordam berishga qaratilgan. Bu tushuncha integratsiya va mensinglingning 
taqqoslash bo'yicha keyingi qadamlarini belgilab beradi. Inklyuziv maktablar va 
sinflarda bolalaming turar joylari bo'yicha o'qitiladi. Bu tamoyillar shuni bildiradiki:
1) xamma bolalar o 'z turar joylaridagi maktablaming ta’lim va ijtimoiy xayotiga 
kiritilishlari kerak;
2) inklyuziya - bu o'quvchini boshidan ta’limga kiritish;
3) inklyuziv maktabning vazifasi shundan iboratki, xar bir bolaning extiyojini 
qondirish tizimini yaratish;
4) inklyuziv maktablarda nafaqat nogiron bolalaming, balki boshqa bolalaming xam 
xayotda 
o 'z o'rinlarini topishlariga, o'zlariga ishonch xissini uyg'otishlariga, 
xayotda muvoffaqiyatlarga erishishlariga yordam beriladi.
Inklyuziv maktabning maqsadi xamma o'quvchilarga ijtimoiy xayotda, jamoada 
va jamiyatda faol ishtirok ctishga imkon yaratib berish va jamiyatning bir a’zosi 
sifatida bir-birlariga yordam berish, shu bilan birga 
to'laqonli aloqalami 
ta’niinlashdan iborat. (Ferguson, Meyer, Jeanchild et al. 1992). Bu shunday bebaxo 
qatiy talabki, bunda xamma maktab va jamiyat a’zolari bir-biri bilan bog'liq. Va 
o'quvchilar nafaqat bir-birlari bilan ta’lim jarayonida o'zaro aloqalarda bo'ladilar, 
balki auditoriyalardagi qabul qilinadigan jarayonlarda xam bir-birlarini qo'llab- 
quvvatlaydilar. (Sflisbury, Palombaro, Xolloivud 1993).
Inklyuziv maktablarda ishlayotgan xodimlar, pedagoglar o 'z zimmalariga quyidagi 
majburiyatlami oladilar34:
ularga biriktirilgan xamma o'quvchilami o'qitish;
ta’lim berishga oid masalalami xal etish va ulaming monitoringini tuzish;
o'ziga xos bo'lgan ta’lim datsuriga muvofiq o'qitishni ta’minlash;
kutilayotgan natija bolalar erishayotgan yutuqlardan farq qilsa, datsur qismlarini
moslashtirish;
turli xil auditoriyalarda ishlashni bilish; 
o'quvchilami ta’lim jarayonida qo'llab quvvatlash.
Tadqiqotchilaming qayd etishicha, inklyuziv o'qituvchilarga aylangan pedagoglar 
“transformatsiya tajribasi”ni boshlaridan kechirganlar. Bu tadrijiy transformatsiyaga
u Ратнер Ф.Л., Юсупова А.Ю. Интегрированное обучение детей с ограни­
ченными возможностями в обществе здоровых детей. - М.: Владос, 2006. 56.с.
37


1) o 'z teigdoshlaridan farq qiluvchi 
o'quvchilar bilan o'zaro aloqa qilishni;
2)o'quvchihrga ta’lim berish kerak bo'ladigan malakalami egallamoqchi;
3) tengdoshlaridan farq qiluvchi o'quvchilarga nisbatan o 'z munosabatlarini 
o'zgartirmoqchi bo'lgan o'qituvchilar jalb qilinadi.
Inklyuziv ta’lim tizimida ishlab tajriba orttirayotgan o'qituvchilar o'quvchilami 
qabul qilishning quyidagi usullarini ishlab chiqdilar:
1) nogirono'quvchilami sinfdagi boshqa o'quvchilar singari qabul qilish;
2) ularni talimga jalb qilish, faqat ulaming imkoniyatlariga mos vazifa berish;
3) o'quvdiilami birgalashib ta’lim olishga va barcha vazifalami gurux bo'lib xal 
etishga jalbqilish;
4) manipilyatsiya, o'yin, loyixa, labaratoriya, dala tadqiqotlaridan keng va faol 
foydalanish
Inklyuziv ta’lim jamiyatida o'qituvchining rolini o'zgartirmoqda. Lipski va 
Gartner fikicha, o'qituvchi o'quvchining faol ishlashiga ta’sir ko'rsatadi. Ular 
o'quvchilar bilan xar xil faoliyatda ishtirok etib, ulaming xar birining individual 
xususiyatlarini bilib oladilar. Shu bilan birgalikda o'qituvchilar o'quvchilaming 
maktabdan tashqari paytdagi ijtimoiy munosabatlarida ishtirok etadi lar va ota-onalari 
bilan keng jtimoiy munosabatda bo'ladilar.
Pinnel va Gellovey inklyuziv ta’lim asosida maktablardagi sinflami boshqarish va 
rivojlantiriiining quyidagi printsiplar sitsemasini ko'rsatishgan:
-o'qituvchihr, o'quvchilami dars jarayoniga salmoqli xissa qo'shayotganlarini tan 
olishmoqdas
-o'quvchilaming biror narsalami o'rganishlari shunda sodir bo'ladiki, qachonki 
o'quvchilaro'zlari biror nimani bilishga yoki uni o'zgartirishga extiyoj sezishsa; 
-o‘rganish,bu ma’lumot va malakalaming aloxida to'plamlari emas, balki bir butun 
jarayondir;
-o'qituvchihr, o'quvchilaming o'rganishlari ustidan ijtimoiy tugal fikmi anglatuvchi 
sinf xonalai xokimligini tan olishadi;
-o'qituvchihr o'quvchilarda bilimlami o'rganish va mutsaxkamlash kabi shaxsiy 
tushunchalani rivojlantirishadi;
-o'qituvchihr sinflarda qanday voqea va xodisalaming sodir bo'lishiga aloqadorlar va 
bu yerda bcfladigan xodisalarga befarq bo'la olmaydilar.

Download 39,59 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Download 39,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



m a salalam i xal etm oqdalar. A n a sh u n ga m u v o fiq

Download 39,59 Mb.
Pdf ko'rish