Inklyuziv ta’lim o ’q uv q o ’llanm a




Download 39,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana16.05.2024
Hajmi39,59 Mb.
#238027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
FOYDALANILGAN 
112
ADABIYOTLAR................................................
4


KIRISH
Har qanday davlat siyosatining insonparvar tamoyillarga asoslanishi, jamiyatda 
aholining nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yaratilgan shart-sharoitlar, 
ulaming erkin, farovon yashashi uchun kerak boigan barcha sohadagi qo'llab- 
kuvvatlanishlari bilan belgilanadi. 0 ‘zbekiston taraqqiyotining besh tamoyilidan 
birining kuchli ijtimoiy siyosat cifatida belgilanishi, mamlakatimizda u yoki bu 
nogironlikka mansub, ijtimoiy qo'llab-quvvatlanishga ehtiyojmand shaxslarga 
bo'lgan kengqamrovli, tegishli kompleks yondashuvlaming maqsadli amalga 
oshirilishi orqali ular hayotini farovonlashtirib borilishi maqsadi sari qadam 
tashlanayotganining yorqin dalilidir.
Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalaming ta’lim olish jarayonini isloh qilib 
borish, rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, har bir davlat va jamiyat oldida 
turgan 
masaladir. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar va o'smirlaming ijtimoiy 
hayotda munosib tarzda o 'z o'm ini topishi, shuningdek, ushbu jarayonda bevosita 
ishtirok etishi uchun ta’limni to'laqonli o'zlashtirishi hamda uning zamirida 
muayyan kasb-hunami egallay olish lozim. Oddiy sharoitlarda, umumiy ta’lim 
tizimida kamol topgan tibbiy jihatdan “nogironlik” mavqeiga ega o'quvchilar olgan 
ta’limining darajasi ulaming ijtimoiy reabilitatsiyasi, moslashuvi hamda jamiyat 
hayotiga samarali uyg'unlashuvining muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. 
Bunday umumiy tarzdagi tizim sharoitida bilimlami egallagan, ijtimoiy hayotda 
yashash uchun zaruriy sanalgan ko'nikmalar va kasb-hunami egallagan har kanday 
nogironligi bo'lgan shaxs o'zgarishlar jarayoniga tez va qulay moslashib, shaxsiy va 
oilasining hayotini farovonlashtirishi orqali mamlakat aholisi turmush darajasining 
yuqorilashuvini ta’minlaydi. Shu jihat bilan bog'liq holda ta’lim muassasalarining 
bugungi vazifasi Eshitishda nuqsoni bo'lga no'quvchilami o 'z oilasi, mahallasida 
o'sib kamol topishiga qulay sharoit yaratib berish orqali zamonaviy bilimlar, hayotga 
to'siqlarsiz uyg'unlashib ketishining omili sanalgan ijtimoiy malakalar bilan 
qurollantirish, mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga o'rgatishdan iborat etib 
belgilanmoqda. Istiqlol davriga qadar nogiron bolalar ta’Iim-tarbiyasi yopiq mavzu 
hisoblanib, 
ular 
asosan 
“o'qitiladigan” 
va 
“o‘qitilmaydigan”lar 
toifasiga 
tabaqalashtirilar edi. Hozirgi kunda maxsus ta’lim tizimiga “anomal”, “nuqsonli”, 
“kar” kabi 
atamalar o'rniga “nogironligi bo'lgan”, "alohida e’tiborga muhtoj”, 
"eshitishda 
muammosi bo'lgan” , "rivojlanishida chetga chiqishlari mavjud” 
atamalari kirib keldi. Bu hoi bunday bolalaming reabilitatsiya, korreksiya, ijtimoiy 
hayotga 
moslashuvi 
hamda 
integratsiyalashuvlari 
masalalariga 
bo'lgan 
munosabatlaming o'zgarishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 
eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar va o'smirlarga nisbatan g'am xo'rlik ko'rsatish, 
ulaming huquqlarini ro'yobga chiqirish, ijtimoiy qo'llab-quwatlash, ta’Iim-tarbiya 
jarayonini ulaming ehtiyoji va qobiliyatiga mos ravishda tashkil etish, jamiyatga 
uyg'unlashtirishning samarali yo'l va usullarini joriy etish o 'ta dolzarb masalalardan 
biri ekanligi tobora keng anglanmoqda. O'zbekiston Respublikasida eshitishda 
nuqsoni bo'lgan bolalar va o'smirlaming ta’lim maz.munini takomillashtirish 
masalalariga e ’tibor davlat tomonidan ortib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida
5


e ’tiborimizii 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrida qabul 
qilingan “Nogironligi bo'lgan shaxslami davlat tomonidan qoilab-quvvatlash 
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-sonli 
farmoniga qaratsak, 
ushbu 
Farmonning 
2017-2021 
yillarda 
O'zbekiston 
Respublikajini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar 
strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslami 
qo'llab-quwatlashga yo'naltirilgan ishlarning samarali yechimlarini nazarda 
tutayotganini kuzatamiz. Farmonda aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, 
nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini ro'yobga chiqirishga, ularni moddiy, 
m a’naviy, ijtimoiy qo'llab-quvatlashga katta e’tibor berilgan bo'lib, unda nogironligi 
bo'lgan shaxslar hayotining farovonlashishi uchun asos bo'luvchi “Nogironligi 
bo'lgan shtxslar huquqlari” Qonunini ishlab chiqib, qabul qilish, har bir bolaning 
sog'lig'ini iiklash va ularni reabilitatsiyalash maqsadida yordamchi tibbiy va texnik 
vositalar lrilan ta’minlanishi, ta’lim muassasasi binosini nogironligi bo'lgan 
o'quvchilar uchun moslashtirilishi, zaruriy moddiy-texnik negizni yaratish, malakali 
kadrlar bilai ta’minlanishi, o'quv-metodik adabiyotlar yaratish, inklyuziv ta’limni 
rivojlantirish, keng targ'ib qilish yo'nalishlarida talaygina ishlar amalga oshirilishi 
belgilangarinini kuzatamiz.Co'nggi yillarda jahon hamjamiyati tomonidan tobora 
keng e’tircf etilayotgan inklyuziv ta’lim har bir bolaning ta’lim turini tanlashida 
erkinligi, oilada bo'lish huquqi, o 'z uyi hamda mahallasida kamol topishi, barcha 
qatori teng ravishda bilim olishi kabilami ta’minlashga qaratilgan. Mazkur omillar 
inklyuziv U’lim muammosini, nogironligi bo'lgan maxsus ta’lim-tarbiya jarayonini 
o'rganish muhim ekanligini ko'rsatmoqda. Mazkur o'quv qo'llanma 4 bo'limdan 
iborat boifc inklyuziv ta’limning ilmiy-nazariy asoslari,birinchi bo'lim nomlanib, 
unda inklyiziv ta’limining nazariy va amaliy asoslari,inklyuziv ta’lim vazifalar va 
maqsadi,inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari kabi masalar yoritiladi. 
Ikkinchi ba'lim Inklyuziv ta’limning huquqiy, me’yoriy asoslari nomlanib, unda 
inklyuziv t*’lim siyosatining jahon miqyosida nazariy va amaliy jihatdan 
qo'llab- 
quwatianishi, inklyuziv ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari kabi masalar ochib 
beriladi. Uchinchi bo'lim Inklyuziv ta’limni joriy etish xususiyatlari nomlanib, unda 
O'zbekistoi Respublikasida inklyuziv ta’limni qo'llab quvvatlashnmg tashkiliy va 
me’yoriy asoslari, inklyuziv ta’lim amaliyotida samaradorlikka erishish yo'l va 
omillari kabi masalar tavsiflanadi. To'rtinchi bo'lim Inklyuziv ta’lim ishtirokchilari 
va ulaming huquq hamda burchlari nomlanib, unda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari: 
ota-onalar, bolalar, pedagoglar jamoasi, hamkor tashkilotlar, 
inklyuziv ta’lim 
ishtirokchiliri ota-onalar va pedagoglar jamoasi xamkorligi ishlami rejalashtirish 
kabi masalami qamrab oladi.
6



Download 39,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Download 39,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inklyuziv ta’lim o ’q uv q o ’llanm a

Download 39,59 Mb.
Pdf ko'rish