• 17-laboratoriya ishi Glukozaning mis (Il)-gidroksid bilan ozaro tasiri
  • Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad
  • Dasrning turi
  • Yozma ish uchun foydalaniladigan masalalar.
  • Mavzu
  • 2.Tarbiyaviy maqsad
  • Darsning tashkiliy qismi
  • Yangi mavzuni mustahkamlash .
  • Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar
  • Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi




    Download 325,32 Kb.
    bet11/12
    Sana13.11.2020
    Hajmi325,32 Kb.
    #12404
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

    16-laboratoriya ishi
    Yog'larning eruvchanligi, ularning to'yinmaganligini isbotlash, yog'larning sovunlanishi. 1. Yog'larning eruvchanligi Bir probirkaga 2 ml benzin, ikkinchisiga suv, uchinchisiga etanol, to'rtinchisiga benzol, beshinchisiga esa tetraxlormetan quying. Hamma probirkalarga bir bo'lakdan yog' solib silkitib chayqating.2. Yog'ning to'yinmaganligini isbotlash Bir probirkaga 2 ml kungaboqar moyi, ikkinchisiga zig'ir moyi, uchinchisiga bir bo'lak qattiq hayvon yog'i soling. Probirkalarning hammasiga oz-ozdan bromli suv quying (uchinchi probirkani yog' suyuqlanguncha oldindan qizdirib oling). Mustciqil xulosa uchun topshiriqYog'larga suvning ta'siri qanday?Sizga berilgan suyuqliklarning qaysi birida yog'lar hammasidan yaxshi eriydi?Matodan yog' dog'ini ketkazish uchun siz qaysi erituvchidan foydalangan bo'lar edingiz?Probirkalarning qaysi birida bromli suv eng yaxshi rangsizlanadi? Bu nimadan darak beradi?3. Yog'larni sovunlash. Chinni kosachaga 3 g yog', margarin yoki saryog' soling va 20 % li natriy gidroksid eritmasidan 7-8 ml quying.Reaksiyani tezlatish uchun 1-2 ml etanol qo'shing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib, dastlabki hajmi kamayib ketmasligi uchun suv qo'shib turgan holda, 15-20 minut qaynating. Reaksiyaga kirishmagan yog' qolmaganini bilish uchun issiq aralashmadan ozginasini issiq suvli probirkaga oling. Agar sovundan so'ng suv ostida yog' tomchilari paydo bo'lmasa sovunlash jarayoni nihoyasiga yetgan bo'ladi.Agar yog' tomchilari yuzaga chiqsa, aralashmani qaynatishni davom ettiring. Sovunlash reaksiyasi tugaganidan so'ng hosil bo'lgan massaga 0,5 g natriy xlorid qo'shing va yana 1-2 minut qaynating.Mustaqil xulosa uchun topshiriq

    1. O'tkazilgan tajriba natijasida suv betiga qanday modda chiqdi?

    2. Sodir bo'lgan reaksiya tenglamasini yozing.

    3. Yog'lardan sovunlash jarayonida qanday amaliy maqsadlarda foydalaniladi?


    17-laboratoriya ishi

    Glukozaning mis (Il)-gidroksid bilan o'zaro ta'siri Probirkaga 2-3 ml glukoza eritmasidan va shuncha miqdorda suyultirilgan natriy gidroksid eritmasidan quying (NaOH keragidan ortiqroq bo'lishi kerak). So'ng bir necha tomchi mis (II)- gidroksid eritmasidan qo'shing. Probirkadagi hosil bo'lgan eritmani qizdiring.

    Mustaqil xulosa uchun topshiriq .Zangori rangli eritma nima? Ushbu tajriba nimani isbotlaydi? Nima uchun probirkadagi eritma qizdirilganda, avval sariq, so'ngra qizil cho'kma paydo bo'ladi? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

      1. Nima uchun eritmada avval sariq, so'ngra qizil cho'kma hosil bo'ladi?

      2. Reaksiya tenglamasini yozing va hosil bo'lgan moddalarni aniqlab, nomini ayting?


    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: ___________________ Sinf: ______________________ Dars: ____
    Mavzu: 7-Oraliq nazorat. Yozma ish.

    Bir atomli spirtlar, ko`p atomli spirtlar fenollar, aldegidlar, karbon kislotalar

    efirlar, aminlar, oqsillar va yuqori molekulyar birikmalar
    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad: Bir atomli spirtlar, ko`p atomli spirtlar fenollar, aldegidlar,

    karbon kislotalar efirlar, aminlar, oqsillar va yuqori

    molekulyar birikmalarhaqida bilim ko`nikma va malaka berish;

    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: amaliy

    Darsning usuli: Yozma ish.

    Darsning jihozi: Test sinovi. Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmalar

    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.



    Yangi darsning bayoni.
    1-Variant
    1.Hajmi 18 litr bo`lgan metalaminni yoqish uchun qancha hajmda

    normal sharoitda havo kerak bo`ladi.

    2.Mis (II)- nitrat tuzining uch xil usul bilan hosil qilish reaksiyasini

    tenglamasini yeching.

    3.Etilen uglevodorodlarni gomologik qatori haqida misollar

    yordamida kekakli ma`lumot bering?

    4.Mis(II)-nitrat tuzinin uch xil usul bilan hosil qilish reaksiyasi tenglamasini yozing.
    II-variant.
    1.Hajmi 33.6 litr bo`lgan etilaminni yondirish uchun kerak bo`ladigan

    kislorodning hajmini normal sharoitda aniqlang.

    2. Quyidagi uglevodorodlarning tuzilish formulasini yozing

    3-metilpentan,3- metal 4- etilgeksan, pentadien-1.3 butadien-1.4

    3. 22.4 litr prapan mo`l kislorodda yondirilsa normal sharoitda o`lchangan

    qancha hajm uglerod (IV )-oksid hosil bo`ladi?

    4. Temir (II) – xlorid tuzini to`rt xil usul bilan hosil qilish reaksiya

    tenglamasilarini yozing.



    Yozma ish uchun foydalaniladigan masalalar.
    1. Hajmi 24 litr bo`lgan etilaminni yoqish uchun qancha hajmda

    normal sharoitda havo kerak bo`ladi.

    2.Temir (II)- nitrat tuziningikki xil usul bilan hosil qilish reaksiyasini

    tenglamasini yeching.

    3.Propilen uglevodorodlarni gomologik qatori haqida misollar

    yordamida kekakli ma`lumot bering?

    4.Magniy (II)-nitrat tuzinin uch xil usul bilan hosil qilish reaksiyasi

    tenglamasini yozing.


    5.Hajmi 11.2 litr bo`lgan etilaminni yondirish uchun kerak bo`ladigan

    kislorodning hajmini normal sharoitda aniqlang.

    6. Quyidagi uglevodorodlarning tuzilish formulasini yozing

    2-etilpentan, 2- metal 3- etilgeksan, pentadien-1.3 butadien-1.3

    7. 5.6 litr prapan mo`l kislorodda yondirilsa normal sharoitda o`lchangan qancha hajm

    uglerod (IV )-oksid hosil bo`ladi?

    8. Temir (III) – xlorid tuzini ikki xil usul bilan hosil qilish reaksiya

    tenglamasilarini yozing.



    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    -

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari Atmosfera va gidrosferani muhofoza qilish

    Jamoa muhofaza vositalari.


    Darsning maqsadi:

    1. Ta`limiy maqsad: Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari Atmosfera va gidrosferani

    muhofoza qilishJamoa muhofaza vositalari.

    haqida bilim ko`nikma va malaka berish;

    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:

    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
    Yangi darsni rejasi.
    1.Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari 2.Atmosfera va gidrosferani muhofoza qilish

    3.Jamoa muhofaza vositalari.


    Yangi darsning bayoni.

    Zamonaviy sanoatga turli xususiyat va sifatga: yuqori raustahkamlik, termobarqaror, termoplastik, agressiv kimyoviy muhitga chidamli b o`lgan materiallar k o`p miqdorda kerak b o`ladi. Tabiiy va uni qayta ishlab olinadigan materiallar bu talablarga t o`la javob berraaydi va ehtiyojni qondira olmaydi. Bundan tashqari, insoniyat uzoq b o`lmagan kelajakda xomashyo, energiya, suv, oziq-ovqat mahsulotlari tabiiy manbalari kamayib ketishi muammosi bilan yuzma-yuz turibdi.Bunday'sharoitJarda xalq x o`jaligining barcha tarmoqlarida kimyo, kimyoviy mahsulotlar, kimyoviy uslublar roli ortib bormoqda.Kimyo va kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda progressiv texnologiyalarni ishlab chiqish; belgilangan xossalarga ega b o`lgan yangi moddalar va materiallar yaratish; tabiiy, sanoat, qishloq x o`jaligi mahsulotlarini, ikkilamchi xomashyolarni kompleks qayta ishlash; chiqindilardan foydali komponentlarni t o`laroq ajrafib olis H2 energiya va xomashyolarni tejash maqsadida chiqindilar utilizatsiyasini tashkil qilis H2 chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilardan iborat.Kimyo sanoati ilmiy-texnika taraqqiyotiga asoslanib, belgilangan xossalarga ega b o`lgan yangi, tabiatda mavjud b o`lmagan materiallar: polimerlar (plastmassalar, sintetik tolalar, sintetik kauchuklar), keramika, kompozitlar, ]ok-bo'yoq mahsulotlari, sintetik yuvish vositalari va boshqalar ishlab chiqarmoqda.Polimerlarning alohida turlari qimmatbaho, yuqori sifatli, zanglamaydigan p o`latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday polimerlarning 1 tonnasi 6 tonna metall o`rnini bosa oladi. Polimerlar mashinasozlikda, atom sanoatida, radiotexnikada, mikroelektronikada, qishloq x o`jaligida, tibbiyotda, maishiy hayotda va shu kabi boshqa sohalarda tobora keng q o`llanib kelmoqda.Oziqda oqsil yetishmovchiligi yoki b o`lmasligi og`ir kasalliklarga olib keladi.

    Oqsillarning oziq qimmati ulardagi aminokislota tarkibi, almashinmaydigan aminokislotalari bilan belgilanadi. Hayvohlar organizmiga oqsillar o`simlik `a boshqa hayvon oziqlari bilan birga kiradi. Oshqozon va ichak fermentlari ta' sirida oqsillarning gidrolizi r o`y beradi. Bunda hosil b o`lgan aminokislotalar ichak devorlari orqali qonga s o`riladi, qon esa ularni t o`qima va hujayralarga yetkazadi. U yerda ulardan shu organizm uchun zarur b o`lgan oqsillar biosintezlanadi. Oqsillardan organizmning hujayra va t o`qimalari quriladi.Hayvonlar ozuqasida almashinmaydigan aminokislotalar yetishmovchiligi mavjud b o`lsa, b o`yi o`smay qoladi, hayvon og`irligi kamayadi va hatto o`lim yuz berishi mumkin.Oqsillar tirik materiyaning muhim funksiyalari va xarakterli tomonlarini boshqaradi - ong, irsiyat, o`sis H2 harakat, sezgi organlarining faoliyati, kasalliklar tabiati, immunitet hodisasi va h.k.Organizmda oqsillar biosintezidek juda murakkab biokimyoviy jarayon aniq va tez amalga oshadi: 2-3 soniyada oqsil molekulasi hosil b o`ladi.Hujayrada amalga oshadigan nozik va murakkab jarayonlar mohiyatini o`rganish hozirgi kunning eng qiziqarli, dolzarb, muhim muammolaridandir. Bu muammoni yechish bilan ilgari faqat tirik organizmlarda r o`y berib kelgan jarayonlarni amalga oshirish imkonini bera oluvchi yangi biotexnologik jarayonlar yaratilishi mumkin.Oqsil moddalarni o`rganish tiriklik va hayotiy faoliyatni anglas H2 uni ongli ravishda boshqarish imkoniyatini beradi.Oqsillar sanoatda tabiiy tolalar (ipak, jun), teri-charm, jelatina, kazein plastmassalar olishda ishlatiladi.

    Gerbitsid - begona o'tlarga qarshi ishlatiladi.

    Bakteritsid - zararli bakteriyalarga qarshi ishlatiladi.

    Zootsid - zararli kemiruvchilarga qarshi ishlatiladi.

    Defoliant - o'simlik bargini to'kadigan moddalar.

    Desikant - o'simlik bargini quritish uchun ishlatiladigan moddalar.



    Dezinfeksiya - omborxonalardagi zararli hasharotlarni yo'qotish.

    Atmosfera quyidagi sabablar oqibatida ifloslanib turadi:1. Tabiiy ifloslanish. 2. Sanoat tarmoqlarida, transport vositalari va isitish tizimlarida yoqilg`i yonishidan chiqqan gaz, chang, tutunlar. 3. Turli xildagi chiqindilarni yoqib yuborish. Masalan, hozirgi kunda juda k o`plab polimer buyumlar polietilen plyonkalar, turli xil plastmassadan tayyorlangan o`yinchoqlar, uy-r o`zg`or buyumlari, detallar) ishdan chiqqandan s o`ng yoqib yuborilmoqda.Natijada havo tarkibiga gaz va tutun shaklida zaharli moddalar q o`shiladi. Bunday zaharli moddalar: NO, NO2, CO, SO2, C12, H2S, HCl, HCN, F2, HF x)'lishi mumkin.Sanoatning jadal rivojlanishi hisobiga XX asrning birinchi yarmida atmosferaga milliard tonna chang, tutun va kul zarrachalari ajralib chiqqan. Shuningdek, )iosfera 1,5 mln tonna margimus H2 1,2 mln tonna rux va boshqa moddalar bilan floslangan.Keyingi yillarda Orol dengizining suvi kamayib borishi suvda erigan tuzlar konsentratsiyasining ortishiga, tuzlarning cho`kindi tog` jinslari sifatida ch o`kibqolishiga, qurib qolgan dengiz qirg`oqlaridagi tuzlarning atmosferaga chang b o`lib. o`tarilishiga sabab b o`lmoqda. Natijada biosferadagi ekologik munosabatlarninguzilishiga olib kelmoqda.Suv tabiatda eng k o`p tarqalgan modda. Yer yuzining 2/3 qismini suv qoplagan. abiatda sodir b o`ladigan deyarli barcha jarayonlarda suv ishtirok etadi.

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    .

    1. G'allani saqlash uchun foydalaniladigan omborxonalardagi zaharli hasharotlarga qarshi kurashish maqsadida xonaning har lm1 hajmi uchun 24 grammdan oltingugurt yoqiladi. Omborxona havosidagi oltingugurt (IV)-oksidning konsentratsiyasini (то1Л) hisoblang.

    2. Osh tuzi va konsentrlangan sulfat kislotadan foydalanib natriy sulfat olish maqsadida qurilgan korxona atrofida qanday ekologik muammolar vujudga keladi? Ushbu korxona chiqindisidan qanday muhim mahsulot olish mumkin? Bu bilan ekologik muammo hal bo'ladimi?

    3. Kimyo korxonalaridan birining atrofidagi havo vodorod sulfid bilan ifloslangan. 5 km radius va 2 km balandlikdagi havoda vodorod sulfidning yo'l qo'yiladigan eng katta konsentratsiyasi 0,01 mol/1 ga teng. Agar vodorod sulfidni to'liq tutib qolish imkoni bo'lsa,undan qancha sulfat kislota olish mumkin bo'lar edi?

      1. Tarkibida 80 % uglerod bo'lgan tabiiy ko'mirni yondirish uchun n.sh.da o'lchangan qan­cha hajm havo kerak?

      2. Quyidagi sxema bilan ifodalangan o'zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiyalarning tenglamalarini yozing:

    C6H6 C02 CaC03 CaCl2 AgCl СЦ

    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: D.I.Mеndеlееvning Davriy qonuni va kimyoviy elеmеntlar

    Davriy sistеmasi. Izomеriya xodisasi.

    Kimyoviy bog`lanishning elеktron tabiati.
    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad:D.I.Mеndеlееvning Davriy qonuni va kimyoviy elеmеntlar Davriy

    sistеmasi. Izomеriya xodisasi. Kimyoviy bog`lanishning elеktron

    tabiatihaqida bilim ko`nikma va malaka berish;

    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


    Yangi darsni rejasi.
    1.D.I.Mеndеlееvning davriy qonuni va kimyoviy elеmеntlar davriy sistеmasi.

    2. Izomеriya xodisasi.



    3. Kimyoviy bog`lanishning elеktron tabiati.
    Yangi darsning bayoni.
    Davriy qonun va elementlar davriy sistemasining ahamiyati.Davriy qonun kashf qilingunga qadar raoddalar va ular orasidagi o`zaro tabiiy bog`liqlik Al Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, M.V.Lomonosov, LDebereyner, L.Meyer, U.Odling, J.Nyulends, L. Dyuma, A.Shankurtua kabi ensiklopedist olimlar tomonidan turli usullar bilan izohlashga harakat qilinganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.Davriy qonun tabiatda mavjud b o`lgan kimyoviy elementlar orasida o`zaro tabiiy bog`lanish mavjudligini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi umumiy qonun ekanligi bilan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.1869-yilda D.I.Mendeleyev tomonidan davriy qonun ta'riflangan vaqtda 63 ta kimyoviy element mavjud edi.Hozirgi kunda ma'lum b o`lgan 118 ta kimyoviy elementning 46 tasi davriy sistema qonuniyatlari asosida kashf qilingan.Kimyoviy bog`lanishlar, valentlik, elektromanfiylik, oksidlanish darajalari kabi fundamental tushunchalarni ta'riflash va asoslab berish uchun ham davriy qonunning ahamiyati cheksizdir.Davriy qonundan kelib chiqadigan bir qator tushunchalar moddalarning tuzilishi haqidagi tasavvurlarimizni nihoyatda kengaytirdi, fizika, fizikkimyo, geokimyo, geologiya, mineralogiya, kosmokimyo, yadro fizikasi kabi fanlarning rivojlanishiga asos b o`ldi.Davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasining ahamiyatini atroflicha tushunib yetish uchun atom tuzilishiga doir zamonaviy bilimlarga tayangan holda mustaqil masala va mashqlar yechish talab etiladi.Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va izomeriyasining ahamiyati.Organik birikmalar xossalari VIII asrdan XIX asrga qadar davrda Jobir ibn Xayyom, Ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy, LBersellius, A.Lavuazye, A.Kekkule, A.Kuper, G.Kolbe, MBertlo, N.Zinin, A.Favorskiy kabi mashhur olimlar tomonidan har tomonlama o`rganildi.XIX asrga kelib A,M.Butlerov tomonidan ta'riflangan tuzilish nazariyasi organik birikmalar orasidagi o`zaro tabiiy bog`liqlikni ilmiy asoslangan holda izohlab berish imkonini yaratdi. Shu bilan birga organik birikmalar tarkibi bir xil b o`lgan holda, tuzilishi turlicha b o`la olishi mumkinligini ko`rsatib berdi.Natijada organik kimyo mustahkam nazariy ilmiy asosga ega b o`ldi va organik kimyo fanining jadal rivojlanishida muhim omilb o`ldi.Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida yangi moddalarni sintez qilish va ularning xossalarini oldindan bashorat qilish ularni kashf etish tabiatda uchramaydigan organik birikmalarni sintez qilish ishlari boshlandi.
    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    Tashqi elektron qavati a) 2s2, b) 3s2, d) 4s2 bilan ifodalanuvchi elementlami elektron konfiguratsiyasini yozib, ular qaysi elementlar ekanligini aniqlang.
    Yechish: kimyoviy elementlar davriy sistemasiga asoslangan holda yuqorida keltirilgan barcha elementlar 2-guruh elementlari ekanligini bilib olamiz. Tashqi elektron qavati 2s2 bo'lgan element Be, 3s2 bo'lgan element Mg, 4s2 bo'lgan element esa Ca dir.

    Ularning elektron konfiguratsiyasi quyidagicha ifodalanadi:

    Be Is2 2s2; Mg Is2 2s2 2p6 3s2; Ca Is2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s2.

    Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


        1. Tartib raqami 18 va 21 bo'lgan elementlarning elektron konfiguratsiyasini yozing.

        2. Elektron konfiguratsiyasi quyidagicha bo'lgan elementlarning elementlar davriy sistemasidagi о'mini aniqlang: [He] 2s2 2p5; [Ne] 3s2 3p3.

        3. Nima sababdan uglerod, oltingugurt o'zgaruvchan valentlikni namoyon etadi?

        4. Tabiiy bor 19,6% 10B va 80,4% UB izotoplarining aralashmasidir. Tabiiy borning nisbiy atom massasini hisoblang.

        5. Elementlar davriy sistemasi haqidagi tushunchalaringizni bayon qiling. Davriy qonunning dastlabki va zamonaviy ta'riflarini izohlang (K va Ar misolida).

    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Noorganik va organik moddalarning xossalari, ishlatilishi

    haqidagi bilimlarni umumlashtirish


    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad: Noorganik va organik moddalarning xossalari, ishlatilishi

    haqida bilim ko`nikma va malaka berish;



    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik



    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


    Yangi darsni rejasi.
    1.Noorganik moddalarning xossalari. 2.Organik moddalarning xossalari

    3.Noorganik va organik moddalarning ishlatilishi


    Yangi darsning bayoni.
    Noorganik va organik moddalaming xossalarini o'rganish uchun modda tarkibiga kiruvchi atom va molekulaning tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega.8-sinf kimyo kursida siz atom, molekulalarning tuzilishi, hosil bo'lishi, kimyoviy bog'lanishlar haqida bilimlarni o'rgangansiz. Ana shu o'rganilgan nazariy bilimlaringizni rivojlantirib borib, 9-sinfda organik birikmalarning xossalari, ular molekulasining tuzilishiga, molekuladagi atomlarning gibridlanish holatlariga, turli xil izomeriya hodisalariga bog'liq ekanligiga yanada ishonch hosil qildingiz.

    Masalan, osh tuzi organizm uchun zaruriy kimyoviy birikma hisoblansa-da uning tarkibini tashkil etuvchi xlor va natriy atomlari, molekulalari alohida holda zaharli hamda o'yuvchidir. Molekular massasi 64 bo'lgan oltingugurt (IV)-oksid gaz holda bo'lsa-da, molekular massasi nisbatan kichik bo'lgan metil (32), etil spirtlari (46) suyuq moddalardir. Chumoli metil efiri bilan sirka kislotalarda (C2H402) bir xil atomlar teng miqdorda bo'lsa ham turli xil xossalarni namoyon qiladi.Demak, har bir moddaning xossalarini, ishlatilish sohalarini o'rganish uchun avvalo, uning tuzilishini bilish talab etiladi.Noorganik va organik moddalar bir butun mavjud tabiatni tashkil qiladi va ular bir-biriga aylanib turadi. Bu fikrning tasdig'ini siz noorganik va organik kimyoni o'rganish davomida anglab yetgansiz.Quyidagi masala va mashqlarni bajaring. Moddalaming xossalari bilan ularning tuzilishi orasidagi bog'liqlikni, noorganik moddalar bilan organik moddalaming bir-biriga aylanishi, ya'ni ular orasidagi genetik bog'lanish mavjud ekanligini tushunishga harakat qiling.




    Download 325,32 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 325,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi

    Download 325,32 Kb.