29
3.
Frenel biprizmasida sindirish burchagining oshishi interferension tasmalarga
qanday ta’sir qilishi mumkin?
4.
Nima uchun yupqa plastinkalarda interferensiyani о‘rganganda faqat ikkita
nurlardan foydalaniladi? Qolgan nurlarning ta’sirini tushuntirib bering.
5.
Qanday sirtlardan qaytganda tо‘lqinlarning fazasi о‘zgaradi?
6.
Yupqa plastinkalar qalinligining interferension manzaraga ta’sirini
tushuntirib
bering.
10- Mavzu. Interferension polosalar kengligi. O’tgan va qaytgan nurlardan xosil
bo’lgan interferentsiya (yupqa parda, Nyuton xalqalari, pona).
Teng og‘malik interferension manzaralar
.
Yupqa yassi-parallel plastinkaga
tarqoq yoruglik nurlari (xar xil burchak ostida) tushayotgan bо‘lsin.
Bu vaqtda
plastinkadan qaytgan nurlarning yul yurish farqlari faqat nurlarning og‘malik
burchaklariga bog‘liq bо‘ladi. Bir xil og‘malik burchagiga ega bо‘lgan barcha nurlar
bir xil fazalar farqi hosil qiladi. Bu nurlar qо‘shilishi natijasida interferension manzara
yuzaga keladi.
Bir xil kalinlik tasmalari
.
Uchidagi
burchagi
ga teng bо‘lgan pona
kо‘rinishidagi plastinka olamiz. Unga parallel nurlar dastasi tushayotgan bо‘lsin.
Interferensiyani faqat bir xil qalinlikka ega bо‘lgan nurlarning qо‘shilishi tufayli
kuzatish mumkin. Shu sababli bu holda interferension tasmalarga bir xil qalinlikdagi
tasmalar deyiladi. Oq rangda kuzatilayotgan interferension manzara rangdor bо‘ladi va
plastinka yoki plyonkaning sirti kamalakdek rang-barang bо‘lib kо‘rinadi. Masalan,
suv yuzasidagi yog‘ tomchisi, sovun pufaklari shu tusda bо‘ladi.
Bir xil qalinlik tasmalarining mumtoz misoli sifatida Nyuton xalqalarini kо‘rib
о‘tamiz.
Nyuton xalqalari
.
Egrilik radiusi katta bо‘lgan yupqa
linzani qalin yassi shisha
plastinka ustiga qо‘yamiz. Ular orasidagi havo qatlamining qalinligi markazdan
uzoqlashgan sayin oshib boradi. Sirtlaridan kogerent tulkinlarni qaytaruvchi yupqa
plyonka rolini plastinka va linza orasidagi xavo katlami bajaradi. Agar plastinka sirtiga
taxminan tik ravishda monoxromatik nurlar dastasi tushayotgan bо‘lsa, xavo
katlamining
yukorigi
va
pastki
nuqtalaridan
qaytgan
yorugliklar
uzaro
interferensiyalashadi. Linzaning tegish nuqtasida kora dog, uning atrofida esa kengligi
kamayib boruvchi kator konsentrik yorug va korongi xalqalar kо‘rinadi. Xavo uchun n
=1 bо‘lgani uchun, nurlarning yul yurish farqi
= 2b ga teng deb hisoblash mumkin.
30
Rasmdan kelib chiqadiki,
(1)
bunda R –
linzaning egrilik radiusi, r - xavo qatlamining qalinligi b bо‘lgan
nuqtalardan iborat aylananing radiusi. Bu ifodadan
ekanligini va yorug‘lik
plastinkadan qaytgan vaqtidagi fazasining
ga о‘zgarishini hisobga olsak, yо‘l yurish
farqi
(2)
Intensivlikning maksimumi va minimumi uchun yozilgan
(3)
shartlarni umumlashtirib quyidagicha yozish mumkin:
(4)
bunda m–ning juft qiymatlariga intensivlikning maksimumlari va toq qiymatlariga
minimumlar mos keladi. Nyuton xalqalari radiusi uchun
(5)
Yupqa plastinkalarda interferensiya о‘odisasidan foydalanib
optikaviy tizimlarni
ravshanlashtirish
mumkin. Buning uchun optikaviy
asbob ustiga yupqa qatlam
qoplanadi. Uning qalinligi shunday tanlab olinadiki, u yoki interferensiyaning
maksimum shartini yoki minimum shartini qoniqtirsin.
Bu hol ayniqsa qatlamning
sindirish kо‘rsatkichi optik asbob sindirish kо‘rsatkichiga yaqin bо‘lganda yaxshi
natija beradi.