III. Murojaatlarni ko’rib chiqish




Download 326.5 Kb.
bet5/23
Sana24.03.2017
Hajmi326.5 Kb.
#1975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
III. Murojaatlarni ko’rib chiqish
13.Kotibiyatda ro’yxatdan o’tkazilgan fuqarolarning murojaatlari ularga ilova qilingan xujjatlar bilan birgalikda tushgandan so’ng bir ish kuni mobaynida kompaniya apparatining tegishli tarkibiy boshqarma, mintaqaviy uzellar va bo’limlariga ularning vakolatiga muvofiq yuboriladi yoki bo’lim tomonidan o’z vakolati doirasida mustaqil ravishda ko’rib chiqiladi.
14.Tarkibiy boshqarma. mintaqaviy uzellar va bo’limlarning vakolatiga kiradigan fuqarolarning murojaatlari ular tomonidan mohiyatiga ko’ra ko’rib chiqiladi.
15.Qonun xujjatlariga muvofiq fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Fuqarolarning takliflari tushgan kunidan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi (qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno) va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o’n kun muddat ichida ma’lum qilinadi.
Ariza yoki shikoyatlar masalani mohiyatiga ko’ra hal etishi shart bo’lgan davlat organlariga tushgan kunidan e’tiboran bir oygacha muddatda, qo’shimcha o’rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa o’n besh kundan kechikmay ko’rib chiqiladi.
Ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish muddatlari kompaniya boshqaruvi rais, uning o’rinbosarlari, kompaniya apparatining raxbarlari, shuningdek kotibiyat boshlig’i bilan kelishilgan holda kompaniya apparati tarkibiy boshqarma. mintaqaviy uzellar va bo’limlarining rahbari tomonidan, istisno tariqasida, ko’pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Murojaatning ijro muddatini hisoblash uning ro’yxatdan o’tkazilgan sanasidan boshlanadi.
16.Fuqarolarning murojaatlariga javoblar kompaniya boshqaruvi raisi va uning o’rinbosarlari, va mintaqaviy uzellar va bo’limlar rahbarlarining vizalari bilan, zarur hollarda esa tarkibiy boshqarma, kompaniya apparatining raxbarlarining imzosi bilan tayyorlanadi. Javob yozma shaklda berilishi shart. Og’zaki murojaatga og’zaki javob berilgan taqdirda qaydlov-nazorat kartochkasiga tegishli yozuv kiritiladi.
17.Nazoratga olingan murojaatda ko’tarilgan masalalar to’liq ko’rib chiqilib, qabul qilingan qaror haqida arizachiga xabar berilgandan keyin uni ko’rib chiqish tugallangan xisoblanadi.

18.Oraliq javoblar berilgan va nazoratdagi va mazmunan ko’rib chiqilmagan fuqarolarning murojaatlari nazoratdan chiqarilmaydi. Fuqarolarning murojaatlarini nazoratdan chiqarish to’g’risidagi qaror kotibiyat boshlig’i tomonidan qabul qilinadi.


19.Bitta masala bo’yicha bir necha marotaba qilingan murojaatlar yuzasidan ilgari asoslangan javoblar berilgan hollarda kompaniya apparati tarkibiy boshqarma, mintaqaviy uzellar va bo’limlarining raxbarlari mazkur masala bo’yicha murojaatlarni ko’rib chiqmaslik to’g’risida qaror qabul qilish huquqiga ega va bu haqda fuqarolarga ma’lum qilinadi.
20.Fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqilgandan so’ng tarkibiy boshqarma, mintaqaviy uzellar va bo’limlar tomonidan ularga tegishli barcha materiallar bilan birga kotibiyatga qaytarilishi lozim va qaydlov nazorat kartochkasining tarkibiy boshqarma, mintaqaviy uzellar va bo’limlarda saqlanadigan ikkinchi nushasiga uning qaytarilganligi to’g’risida belgi qo’yiladi.
Har bir murojaatda uzil-kesil qaror qabul qilingandan va ijro etilgandan so’ng “HUJJAT” degan yozuv va mazkur qarorni qabul qilgan shaxsning shaxsiy imzosi bo’lishi lozim, va ularni hal etish bilan bog’liq xujjatlar kotibiyat tomonidan ishlarning tasdiqlangan nomenklaturasiga muvofiq “HUJJAT” yozuvli yig’ma jildga rasmiylashtiriladi. Ijrochilar tomonidan yig’ma jildlarni shakllantirish va saqlash taqiqlanadi.
21.Fuqarolarning murojaatlari, ularga berilgan javoblarning nushalari va ularni hal etish bilan bog’liq xujjatlar kotibiyat tomonidan ishlarning tasdiqlan-

gan nomenklaturasiga muvofiq “Hujjat” yozuvli yig’ma jildga rasmiylashtiriladi.

Ijrochilar tomonidan tomonidan yig’ma jildlarni shakllantirish va saqlash taqiqlanadi.

Yig’ma jildlarda xujjatlar xronalogik yoki al favit tartibida joylashtiriladi. Har bir murojaat va uni ko’rib chiqishga va hal etishga oid barcha xujjatlar yig’ma jildda alohida guruxni tashkil etadi. Takroriy murojaat olinganda yoki qo’shimcha hujjatlar kelganda ular mazkur hujjatlar guruxiga qo’shib qo’yiladi.

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ

K O T I B I YA T

Fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni ko’rib chiqish

-­­­­­­-----------------------------------------------------------------------------------



Katalog: upload -> iblock -> 160
iblock -> Assalomu alaykum! Hurmatli vazir, hurmatli deputatlar va yig‘ilish qatnashchilari
iblock -> Устав гажк «Узбекистон темир йуллари»
iblock -> Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
iblock -> 2. "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomerining asosiy funktsiyasi "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hisoblanadi
iblock -> Ishonch telefoni
iblock -> “Ўзбек халқига тинчлик ва омонлик керак” рисоласи жаҳон жамоатчилиги эътиборида
160 -> Laboratoriya hesabatı

Download 326.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 326.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Murojaatlarni ko’rib chiqish

Download 326.5 Kb.