II.Murojaatlarni qabul qilish va ro’yxatdan o’tkazish




Download 326.5 Kb.
bet4/23
Sana24.03.2017
Hajmi326.5 Kb.
#1975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
II.Murojaatlarni qabul qilish va ro’yxatdan o’tkazish.
3.”O’zbekiston temir yo’llari” AJ apparatida fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlarini qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish, shuningdek dastlabki ko’rib chiqish ishlarini kompaniya boshqaruvi raisi xuzuridagi kotibiyatda olib boriladi (keyingi o’rinlarda kotibiyat deb yuritiladi) ”SHaxsan” degan yozuvli yozma murojaatlar ham ro’yxatdan o’tkazish uchun kotibiyatga beriladi.
4. ”O’zbekiston temir yo’llari” AJ apparatiga tushadigan barcha yozma murojaatlar tomonidan, mazkur qo’llanmaning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxatdan o’tkaziladi va hisobga olinadi.

Yozma murojaatlarning konvertlari, agar ular orqali murojaatni jo’natuvchining manzilini aniqlash, murojaatni jo’natish va uni qabul qilib olish vaqtini tasdiqlash uchun pochta muhrining sanasi zarur bo’lganda hamda boshqa zarur xollarda yo’q qilinmaydi.


5.Murojaatni ro’yxatdan o’tkazish indeksi, qoidaga ko’ra birinchi varaqning yuqori chap qismiga qo’yiladigan, ruyxatdan o’tkazish muhrida ko’rsatiladi. Ro’yxatdan o’tkazish indeksi bo’limning indeksidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrining tartib raqamidan, (kotibiyatning kartoteka sxemasi bo’yicha), tushgan murojaatning tartib raqamidan hamda uni ro’yxatdan o’tkazish sanasidan (masalan, 15-14\1, 02.01.2011y) iborat bo’ladi. Ro’yxatdan o’tkazish indeksi fuqarolar murojaatlarini tizimlash, izlash, tahlil qilish va saqlanishini ta’minlovchi boshqa belgilar bilan to’ldirilishi ham mumkin.
6.Fuqarolar shaxsan qabul qilinganda ularning yozma va og’zaki murojaatlari mazkur qo’llanmaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydlov nazorat kartochkalarida ro’yxatdan o’tkaziladi. Ayrim hollarda bayonnoma to’ldiriladi.
7.Fuqarolarning takroriy murojaatlari tushganda ularga navbatdagi ruyhatdan o’tkazish indeksi beriladi, qaydlov-nazorat varaqasining tegishli grafasida oldingi murojaatning ro’yhatdan o’tkazish indeksi ko’rsatiladi. Qaydlov-nazorat varaqasining o’ngdagi yuqori burchagida “Takror” degan belgi qo’yiladi va barcha oldingi yozishmalar ko’rib chiqiladi.

Bitta fuqarodan (fuqarolardan) bitta masala bo’yicha tushgan og’zaki murojaatlar yoki yozma murojaatlarda:

oldingi murojaat bo’yicha qabul qilingan qaror yuzasidan norozilik bildirilsa:

oldingi murojaatning o’z vaqtida ko’rib chiqilmaganligi to’g’risida habar qilinsa, agar uning tushgan vaqtidan buyon qonunda belgilangan, ko’rib chiqish muddati o’tgan bo’lsa:

oldingi murojaatni ko’rib chiqishda va hal etishda yo’l qo’yilgan boshqa kamchiliklar ko’rsatilsa, ular takroriy murojaatlar hisoblanadi.

8.Qaydlov-nazorat kartochka va kartotekalar nusxalarining soni fuqarolarning murojaatlari bo’yicha hisobga olishni, ma’lumot ishlarini, topshiriqlarning bajarilishi nazoratini va ularning tahlilini ta’minlash zaruratidan kelib chiqqan holda, aniqlanadi. Kortatekalar ularni ro’yxatdan o’tkazish tartibida joylashishi. murojjatlarda ko’tarilgan masalalarning mavzusi bo’yicha qo’shimcha ravishda shakllantirilishi ham mumkin. Zarur xollarda murojaat etgan fuqarolar familiyalarining alfavit ko’rsatkichlari yuritilishi mumkin.


9.Murojaat tushganda kotibiyat uning yuborilgan manzilining to’g’riligini tekshiradi, murojaatning maz’munini aniqlaydi, unga kirish tartib raqamini beradi, kelgan sanasini qo’yadi, ma’lumotni ro’yxatdan o’tkazish daftariga yoki komp’yuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi.

10.Haqqoniy bo’lmagan murojaalardan boshqa barcha murojaatlar nazoratga olinadi va Kompaniya apparatining tarkibiy boshqarma. mintaqaviy uzellar va bo’limlariga berilgan yoki tegishli davlat, xo’jalik boshqaruvi organlari va homiliklarga yuborilgan murojaatlarning ko’rib chiqilishi kotibiyat tomonidan nazorat qilib boriladi.

11.Agar murojaatlarda qo’yilgan masalalarni hal etish, kompaniya yoki uning apparati vakolati doirasiga kirmasa, u holda tegishli organlarga besh kun muddatdan kechikmay ularni jo’natadi va bu haqda fuqaroga yozma ravishda habar qiladi, shaxsan qabul qilishda qaerga murojaat qilishi to’g’risida tushuntirish beriladi. Bunday holda murojaatning qaydlov-nazorat kartochkasiga tegishli yozuv kiritiladi va nazoratdan chiqariladi.
12.Tegishli organlarga yuborilgan murojaatlar, shuningdek kompaniya raisi, uning o’rinbosarlari va kompaniya rahbarining topshiriqlari, ularda qo’yilgan masalalarning mohiyatiga qarab tarkibiy boshqarma, markaziy uzellar va bo’limlar tomonidan ularning vakolati doirasida nazoratga olinadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga jo’natish uchun zarur ma’lumotlar bo’lmasa, bu murojaatlar besh kun muddatdan kechikmay asosli tushuntirish bilan fuqaroga qaytariladi.



Katalog: upload -> iblock -> 160
iblock -> Assalomu alaykum! Hurmatli vazir, hurmatli deputatlar va yig‘ilish qatnashchilari
iblock -> Устав гажк «Узбекистон темир йуллари»
iblock -> Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
iblock -> 2. "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomerining asosiy funktsiyasi "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hisoblanadi
iblock -> Ishonch telefoni
iblock -> “Ўзбек халқига тинчлик ва омонлик керак” рисоласи жаҳон жамоатчилиги эътиборида
160 -> Laboratoriya hesabatı

Download 326.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 326.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.Murojaatlarni qabul qilish va ro’yxatdan o’tkazish

Download 326.5 Kb.