44
qaynatilgandan so’ng suyuqligi to’kilib, usti bekitilib suvsiz qozonda paydo bo’lgan
bug’ bilan tayyor holga keltiriladi. Bochkacha shaklida kesilgan kartoshka ham shu
usulda pishiriladi.
Tarqatishda pishirilgan kartoshka tarelka, porsion tovaga qo’yilib;
ustidan
sariyog’, nordonrov qaymoq yoki alohida ko’kat bilan bezab beriladi. Bundan
tashqari yana pishirilgan
kartoshkani piyozli qizil
kornishonli
tomat, nordonroq
qaymoq piyozli nordonroq. qaymoq, qo’ziqorin sardaklari bilan tarqatish mumkin.
Kartoshka pyuresi. Kartoshka pyuresini tayyorlashda tarkibida kraxmali ko’p
bo’lgan kartoshka navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bir xildagi
tozalangan kartoshka pishiriladi, suyuqligi to’kiladi, qopqog’i yopib quritiladi, issiq
holida mashina yordamida eziladi. 80°C li sharoitda issiq kartoshka tarkibidagi
kraxmal
kleysteri
elastik bo’lib ezilganda o’z holatini saqlab qoladi.
Sovib qolgan
kartoshka to’qimasi dag’al bo’lib, ezganda tarkibidagi kraxmal donachalari yorilib,
ajralib chiqadi. Щu sababli kartoshka pyuresi cho’ziluvchi, yopishqoq bo’lib,
ko’rinishi va mazasi yomonlashadi. Ezilgan kartoshkaga eritib qizdirilgan sariyog’
yoki margarin solinib, issiq sut qo’shilgan holda ko’pirarli darajada aralashtiriladi.
Tarqatishda kartoshka pyuresi likobchaga solinib, sariyog’ quyib, ko’kat sepib
beriladi. Kartoshka pyuresini yana qovurilgan piyoz,
pishirib mayda chopilgan
tuxum solingan holda yoki sariyog’ aralashtirib berish ham mumkin. Ko’p hollarda
kartoshka pyuresini go’sht, baliq taomlariga garnir sifatida qo’shib beriladi.
1 kg kartoshka pyuresi uchun: 855 g tozalangan kartoshka, 35 g sariyog’, 150
g sut ishlatiladi.