• Sut sardagiga aralashtirilgan sabzi va ko’k nuxot.
  • Sardakli oq o’zakli karam.
  • O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/76
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.45 Mb.
    #43453
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
    Bog'liq
    pazandachilik asoslari
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    Dimlab pishirilgan sabzi. Sabzi o’rta ko’bik, pallacha yoki uzun to’rtburchak 
    shaklida to’g’ralib, idishga solinadi. 1 kg sabziga 0,2-0,3 l. hisobida qaynatma yoki 
    suv qo’yiladi, sariyog’ yoki margarin solinib, qaynash darajasiga yetkaziladi, tuz 
    qo’shib, qopqog’i yopib dimlanadi va iste’molga tayyor holga kelguncha dimlab 
    piiщriladi. 
    Tarqatishda dimlab pishirilgan sabzi likobchaga solinib, ustidan bir bo’lak 
    sariyog’ qo’yib beriladi. 
    Agar sabzi sardak bilan tayyorlanadigan bo’lsa, dimlab pishirilgan sabzi o’rta 
    quyuqlikdagi sut sardagi bilan aralashtirilib shakar solinadi va qizdiriladi. 
    Tarqatishda qovurilgan non bo’lagi qo’shib beriladi. 
    Kerakli masalliqlar: Sabzi 271 gr., oshxona margarini 5 gr., shakar 3 gr., 
    sariyog’ yoki sardak 50 gr., sof og’irligi 210/250 gr. 
    Sut sardagiga aralashtirilgan sabzi va ko’k nuxot. Sabzi mayda ko’bik 
    shaklida to’g’ralib, sariyog’ yoki margarin qo’shib usti berkitilgan holda dimlab 
    pishirib tayyor holga keltiriladi. Tez muzlatilgan ko’k nuxot tuzli, qaynab turgan 
    suvga solinib, tez qaynash darajasiga ko’tarilib, 3-5 daqiqa qaynatiladi. 
    Qadoqlangan ko’k no’xot o’z suvida bir qaynatib olinadi va alyumin g’alvir yoki 
    elakka solinib suyuqligi silkitiladi. Dimlab pishirilgan sabzi, ko’k no’xot bilan 
    aralashtirilib, ustidan sut sardagi, tuz qo’shiladi va aralashtirib vizdiriladi. 
    Tarqatishda likobchaga solinib, ustidan margarin seli beriladi. Alohida 
    likobchada qovurilgan non bo’lagi qo’shib berish mumkin. 
    Kerakli masalliqlar: Sabzi 136 gr, margarin 10 gr., qadoqlangan ko’k no’xot 
    54 gr, sardak 75 gr, oshxona margarini 5 gr, sof og’irligi 230 gr.
    Sardakli oq o’zakli karam. Oq o’zakli karam pallacha shaklida to’g’ralib 
    yoki har bir bargi ajratilib, qaynyuq suvga botirib olinadi va shar shaklida o’rab, 
    idishga bir qator teriladi. Oz miqdorda suv yoki qaynatma qo’yib, sariyog’ yoki 
    margarin, tuz qo’shib, idish qopqog’i yopilib iste’molga tayyor bo’lguncha dimlab 
    pishriladi. 
    Tarqatishda likobchaga solinib ustidan sut, nordonroq qaymoq yoki tomatli 
    nordonroq qaymoq sardagi qo’yib beriladi. Agar karam garnir sifatida ishlatilsa, 
    shashka shaklida to’g’ralishi mumkin. 
    Qovurish uchun asosan xom sabzavotlar ishlatiladi, ba’zi hollarda avval 
    pishirilganlari ham ishlatiladi. Sabzavot tarkibida turg’un bo’lmagan 
    protopektin
    va 
    yetarli darajada suyuqligi bo’lgan sabzavotlar xom holda qovuriladi. Bunday 
    sabzavotlarga kartoshka, qovoq, qovoqcha, pomidor va boshqalar kiradi. 
    Sabzavotlar tarkibidagi 
    protopektin
    turg’un bo’lsa, ular avval dimlab yoki qaynatib 
    pishiriladi yoki mayda to’g’ralib so’ng qovuriladi. Bunday sabzavotlarga sabzi


    67 
    qizilcha, karam kiradi. Qovurish jarayonida sabzavotlar o’z tarkibidagi suyuqligini 
    ma’lum darajada yo’qotadi, yuzida qovurilgan qobiq hosil bo’ladi, o’ziga xos hid va 
    mazaga ega bo’ladi. 
    Sabzavotlarni ko’p yog’da yoki asosiy usulda qovuriladi. Qovurishdan avval 
    sabzavotlar to’g’raladi. Qovoqcha, qovoq, pomidor, baqlajon kesib tegishli shaklda 
    kesilgandan so’ng unga belab qovuriladi. Asosiy usulda qovurish uchun har xil yog’ 
    ishlatilishi mumkin. Asosiy usulda qovurish uchun tovaga yog’ solib 140-150°C 
    darajada qizdiriladi va tayyorlangan sabzavot solinib ikki yoqlama qobiq hosil qilib 
    qovuriladi. So’ng qovurish shkafida iste’molga tayyor holga kelguncha ushlanadi. 
    Ko’p yog’da kartoshka, piyoz, 
    petrushka
    ko’kati va boshqalar qovuriladi. 
    Buning uchun sabzavotlarning suvi g’alvirda silkitilib, sochiqda yopib qo’yib 
    quritiladi, chunki qizigan yog’ga solingan sabzavot tarkibidagi suv yog’ni sachratib 
    yuborishi mumkin. Ko’p yog’da qovurish uchun aralash (omuxta) yog’larni 
    ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda 50% o’simlik va 50% hayvon yoki 
    70% hayvon va 30% o’simlik yoki pazandalik yog’i ishlatiladi. Sariyog’ va 
    margarin ishlatilmaydi, chunki ular past issiq sharoitida tutaydi, yuqori darajadagi 
    issiqlik ta’sirida kuyuvchi oqsil moddalari mahsulot hamda yog’ tarkibini 
    qoraytirib, ularning sifatini buzadi. Sabzavotlarni maxsus apparatlarda (
    frityurnisa

    yoki qalin, chuqur tovalarda maxsus metal setka yordamida qovuriladi. Yog’ 
    miqdori mahsulotga nisbatan 4 barobardan ortiq bo’lishi hamda idish yarmini 
    egallashi kerak. Chunki 170-180°C gacha qizdirilgan yog’ning mahsulot solinganda 
    ko’pirishini nazarda tutish lozim. Mahsulot 2-8 dakiqa davomida qovuriladi. 
    Kovurilgan sabzavotlar taom sifatida tarqatiladi yoki garnir sifatida ishlatiladi. 

    Download 1.45 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari

    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish